
Mavlud Tifievning MMA dagi 2-jang sanasi ma’lum
7 dekabr kuni Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida "IFC 20" turniri bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, ushbu musobaqada professional muaytay bo‘yicha yurtimizning taniqli sportchilaridan biri Mavlud Tifiev MMA dagi 2-jangini o‘tkazadi. Tifievga frantsiyalik Robbi Gunyar raqiblik qilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, yurtdoshimizga o‘zbek muaytay olamining yorqin yulduzlaridan biri Yusuf Ibragimov hamrohlik qilmoqda.
Fikrlar