
Mavsumni "Loko" safida o‘tkazgan futbolchiga "Benfika" xaridor!
"Inter" yarim himoyachisi Joau Mariu faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Janluka Di Martsioning xabariga ko‘ra, "Benfika" klubi futbolchining transferi bo‘yicha "neradzurrilar" bilan muzokara o‘tkazmoqda.
27 yoshli futbolchining xizmatlariga "Benfika" murabbiyi Jorje Jezush qiziqish bildirgan. Avval ular "Sporting"da birgalikda ishlagan.
O‘tgan mavsumni RPLda o‘tkazgan Joau Mariu 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar