
Maxrez nega Angliya Superkubogida ishtirok etmagani ma’lum bo‘ldi
"Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Riyod Maxrez kecha "Liverpul"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Angliya Superkubogi uchrashuvida doping-test topshirishdan xavfsirab ishtirok etmagani ma’lum bo‘ldi.
BBC tarqatgan xabarga ko‘ra “Siti” shifokorlari yaqinda Afrika Millatlar kubogida ishtirok etib qaytgan jazoirlik futbolchini terma jamoa safida qanday dorilar iste’mol qilganini bilishmayapti va shu bois tavakkal qilmaslik uchun uni maydonga tushirmaslikka qaror qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” kecha mersisaydliklarni penaltilar seriyasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratib Superkubokni qo‘lga kiritishdi. Maxrez esa Misrda o‘tgan qit’a kubogida Jazoir terma jamoasi bilan chempionlikni tantana qildi.
Fikrlar