
Maxrez singan telefoni haqida hazil qildi
Kecha "Manchester Siti" jamoasi AQShga etib kelgan edi. Samolyotdan tushib kelish chog‘ida hammaning e’tibori jazoirlik Riyod Maxrezning singan telefoniga tushdi.
Bu haqda keyinroq futbolchining o‘zi xabar topdi. U bunga quyidagicha izoh berdi:
"Ha, buni bilaman. Men yangi shartnoma imzolanishini kutayotgan edim. Endi telefonimni tuzatsam yoki yangilasam bo‘ladi (kuladi)", - dedi "shaharliklar" vingeri.
Eslatib o‘tamiz, Maxrez yaqinda klub bilan shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirgandi.
Fikrlar