
Mayk Tayson Jeyk Poldan ikki barobar kam gonorar oladi
Amerikalik videobloger Jeyk Pol matbuot anjumanida sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson bilan bo‘lajak jang uchun taxminan 40 million dollar gonorar olishini aytdi .
Ko‘plab manbalarga ko‘ra, Taysonning gonorari uning yarmini tashkil etadi, yan’i 20 million dollar.
Eslatib o‘tamiz, Mayk Tayson va Jeyk Pol o‘rtasidagi sakkiz raundlik jang rasmiy maqomga ega bo‘ladi. 27 yoshli Polning professional boksda 10 ta g‘alabasi (7 tasi nokaut bilan) va bitta mag‘lubiyati bor. 58 yoshli Tayson hisobida 50 ta g‘alaba (44 ta nokaut) va 6 ta mag‘lubiyat mavjud.
Fikrlar