Mayk Tayson: "Men 50 yoshimda 20 yoshimdagidan ko‘ra ko‘proq pul ishladim"

  • 19 sentabr, 21:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

59 yoshli afsonaviy bokschi Mayk Tayson nega hanuz ringga chiqayotganini aytib o‘tdi.

Tecno

"14 yoshli o‘g‘lim mendan: “Nega buni qilyapsiz?” — deb so‘radi. Bir lahzaga nima deyishni bilmay qoldim. So‘ngra unga: “Chunki men buni qilganlarning ichida eng yaxshisiman”, dedim. U tushunmadi. Keyin qo‘shimcha qildim: “Bu mening qo‘limdan keladigan yagona ish. Men 50 yoshimda 20 yoshimdagidan ko‘ra ko‘proq pul ishladim. Bu uchun atigi 4 ta jang kerak bo‘ldi xolos”, — dedi Tayson "Talksport" ga bergan intervyusida. 

Eslatib o‘tamiz, oxirgi bor Tayson 2024 yil 14 noyabrda amerikalik bloger va bokschi Jeyk Polga qarshi jang qilib, hakamlarning qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!