Mayk Tayson va Evander Xolifild o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 18 may, 2020, 14:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ijtimoiy tarmoqlarda 53 yoshli Mayk Tayson va 57 yoshli Evander Xolifild o‘rtasida jangga oid xabarlar va afishalar paydo bo‘ldi. Avvalroq, ular ringga qaytishlarini e’lon qilgandilar.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, mazkur jang 11 iyul kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi mumkin.

Ular bunga qadar, ikki marta to‘qnash kelgandilar. Xolifild dastlab 1996 yilda texnik nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritgandi.Revansh jangida esa, qanday janjallar yuzaga kelganidan xabaringiz bor.  Jang mobaynida Tayson Xolifildning qulog‘ini tishlab olgan va jang to‘xtatilgandi. Shundan so‘ng, Maykka mag‘lubiyat yozilib, diskvalifikatsiya qilinadi. Shuningdek, boks litsenziyasidan mahrum qilinadi va uch million dollarlik jarimaga tortiladi.
                                                                                                                                    Manba: "SE"

ttt

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!