
Maykl Bisping: "Xamzat Chimaevni 10 yildan keyin hech kim eslamaydi, agar..."
UFC sobiq chempioni, hozirda sharhlovchi va tahlilchi Maykl Bisping UFC ning o‘rta vazn toifasidagi vakili Xamzat Chimaev haqida gapirdi.
"Ko‘p potentsialga ega bo‘lish juda zo‘r. Ammo bu salohiyatni ro‘yobga chiqarmasang, boshqa hech narsa muhim emas. Xamzat, sen oktagonga chiqib, katta ustunlik bilan ustun g‘alabalarga erishyapsan va ajoyib natijalar qayd etyapsan. Biroq chempion bo‘lolmasang, taxminan 10 yildan keyin seni hech kim eslamaydi", - dedi Bisping o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Chimaev 17 avgust kuni "UFC 319" turnirida o‘rta vaznda amaldagi chempion Drikus dyu Plessiga qarshi jang qiladi.
Fikrlar