Maykl Peyj Nursulton Ro‘ziboyevga qarshi jang haqida nimalar dedi?
Angliyalik taniqli UFC jangchisi Maykl Peyj vakilimiz Nursulton Ro‘ziboyevga qarshi bahs va kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
"Eng achinarlisi, hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman - bu esa bor kuchimni sarflamaganimni anglatadi. Menimcha, Nursulton bilan to‘qnashuvda ko‘proq tavakkal qilib, oldinga intilishim kerak edi.
Ha, g‘alaba qozondim, biroq men bundan-da yaxshiroq jang qila olishimni bilaman. Chunki muxlislar va UFC katta shou ko‘rishga loyiq.
Endi UFC bilan muzokaralar stoliga o‘taman va ochiqchasiga gaplashaman: "Quloq soling, men bundan yaxshiroq harakat qila olaman. Menga kuchliroq raqiblar bering va ishoning, tomoshabinlarga o‘zgacha narsa taqdim etaman", - dedi Maykl.
Eslatib o‘tamiz, "UFC Paris" turnirida Peyj hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Ro‘ziboyevni mag‘lub etdi.

Fikrlar