"Mayli, nasibamiz shu erda ekan, bu ochilmagan qirralarimni ochish uchun imkoniyat" yoxud "Nasaf"dan ketgan futbolchi legionerga aylandi

  • 2 avgust, 2023, 09:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqinda yana bir hamyurtimiz legioner maqomiga aylandi. Gap shundaki, bir necha mobaynida “Nasaf” sharafini himoya qilgan darvozabon Azamat Soibov endilikda o‘z omadini Qozog‘iston birinichiligida sinab ko‘radi.

Tecno

Hamyurtimiz birinchi divizion vakili – “Aris” jamoasi bilan shartnoma tuzdi. Shunday qilib, uning legioner sifatidagi qozoq chempionatidagi faoliyati boshlandi.

Qozog‘istonga yo‘l olishi qanday yuz berdi?

"Jizzaxlik tanishim bor edi, u menga Qozog‘iston variantini taklif qildi. Klubdagilar mening o‘yinlarim videosini ko‘rishdi, chaqirishdi va shartnoma berdilar. O‘zimizdan hech qaysi jamoa chaqirmadi, yordam berishmadi. Mayli, nasibamiz shu erda ekan".

“Aris” klubidagi sharoitlar qanday?

"Bu erdagi sharoitlar yomon emas, chidasa bo‘ladi. Lekin jamoada o‘zimni yaxshi tomonlama ko‘rsatsam, Qozog‘iston oliy divizionidagi jiddiy maqsadi bor klublardan biriga o‘tish niyatim bor. “Aris”da ham murabbiylar seni o‘ynatamiz deb, yordam berishlarini aytishyapti. Kelganimga 10 kuncha bo‘ldi. Asta-sekin ko‘nikyapman, oldimizda 12 ta o‘yin qolgan".

azamat1

Soibov kuchliligini isbotlamoqchi

"Xudoga shukr, o‘zimni yaxshi his qilyapman. Qachon menga imkoniyat berilsa, o‘shanda o‘zimni nimaga qodirligimni hammaga isbotlamoqchiman. Do‘stlarim meni qanday ekanimni bilishadi. “Nasaf”dagi darvozabonlar – Abduvohid Ne’matov va Umidjon Ergashev, shuningdek, u erdagi murabbiyimiz Asliddin aka ham. Menga ishonganlar o‘shalar. Yuzim yorug‘ bo‘lib, keyinchalik chetga ham ketish niyatim bor".

Futbolchimiz uchun bu oldinga tashlagan qadammi?

"Buni oldinga qadam tashlash deb o‘ylamayman. Men shunchaki 5 yil bitta joyda qotib qoldim. “Nasaf”da menga ishonch bildirilmadi. Yaxshi variantlar bo‘lganida esa meni qo‘yib yuborishmadi. Ular bilan chiroyli tarzda xayrlashib ketdim. “Nasaf” jamoasiga rahmat aytaman. Shuncha yil u erning non-tuzini edik. Qozog‘istonga kelishim, ochilmagan qirralarimni ochishim uchun imkoniyat deb o‘ylayman. O‘ynamaganimga ancha bo‘lgandi. Endi o‘zimni ko‘rsatmoqchiman".

azamat43_1

Qaysi raqamni oldi?

"Shartnomaga qo‘l qo‘yayotganimda qaysi raqamni olmoqchiligimni so‘rashdi. Ularga menga farqi yo‘qligini aytdim. Keyin menga 77-raqamni berishdi. Oldinlari ba’zida Qozog‘iston chempionatidagi o‘yinlarini ko‘rganimda ko‘pincha jismoniy tayyorgarlikka tayanilardi. Evropa futboliga yaqin o‘ynashadi. O‘zbekistonda esa texnik futbol namoyish etiladi. Bu erda ancha rivojlangan. Futbolchilarni qanday reklama qilish ham kuchayib boryapti. Oxirgi paytlarda Qozog‘iston terma jamoasi yaxshi natijalar qayd etyapti".

Shuhratbek Jo‘raev.   

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Urinov Shoxjahon
12/01/2024 10:15
Бошида шамоли бор у́йинчи. Отасини пули фудболда олиб юрибди.