Maysasi yangilangan yana bir “Markaziy”, sobiqlar to‘qnashuvi, yuqoriga intilayotgan Baqoev jamoasi

  • 15 iyun, 2019, 13:28
  • Bekzod Isayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari munosabati bilan Superligada kichik tanaffus yuzaga kelgandi. Bugundan esa chempionatimizda 11-tur o‘yinlari start oladi. Kun doirasidan 3 ta uchrashuv o‘rin olgan. Musobaqa debyutanti Qo‘qonda mehmon bo‘ladi. Chempion yana bir debyutantni qabul qiladi. “Qizilqum” esa o‘tgan oyning eng yaxshi jamoalaridan birini Navoiyga chorlagan.

Tecno

Maysasi yangilangan yana bir “Markaziy” o‘yingoh

Bungacha, Andijon va Namangandagi o‘yingohlarning maydoni va stadioni yana yangitdan ta’mirlangan va bir necha tur oldin ushbu ikki arenada ham ochilish o‘yinlari o‘tkazilgandi. Bugun Vodiyning uchinchi jamoasi ham uyiga qaytdi.

photo_2019-06-10_12-30-54 - kopiya

Bugun nihoyat qo‘qonliklar o‘z uylarida bu mavsumdagi ilk bellashuvni o‘tkazishadi. Bungacha “Qo‘qon-1912” klubi Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida raqiblarini qabul qilayotgandi. Bugunga kelib, jamoaning uy arenasining maysasi tayyor bo‘lgan. Shu bois bugun jamoani vaqtincha boshqarib turgan Aziz To‘xtaboev futbolchilari “Dinamo” bilan kuch sinashishadi. Bu bahs oson bo‘lmaydi. Sababi samarqandliklar Superligaga yaxshi moslashib ketishdi. Xatto kutilganidan ham a’lo. Debyutant bo‘lishlariga qaramay, Davron ayziev shogirdlari ayni payt turnir jadvalida 8-o‘rinda borishmoqda. Mezbonlar esa oxirgi pog‘onani band etishgan. Biroq bugungi bahs oldidan “Qo‘qon-1912”ning kayfiyati ancha yaxshi. Ular Liga kubogi doirasida “Paxtakor”ga Toshkentda javobsiz 4 ta gol urishdi. Gollar ham juda chiroyli tarzda kiritildi. Shuning uchun mazkur bellashuv ancha murosasiz o‘tishi kutilmoqda. Ko‘ramiz, “Dinamo” maydon egalariga qarshi qanday o‘yin ko‘rsatar ekan?

Imkoniyat: 45%-55%

Chempion debyutantga qarshi yoxud sobiqlar to‘qnashuvi

Osiyo chempionlar ligasida bu mavsum ham ishonchsiz o‘yin va natija qayd etib, faqat mahalliy musobaqalarga kuni qolgan amaldagi chempionni bu tur jiddiy sinov kutmoqda. “Lokomotiv” Toshkentda debyutant “Surxon”ni qabul qiladi. qolaversa, surxonliklarni “temiryo‘lchilar”ning sobiq ustozi Andrey Miklyaev boshqarmoqda. Ushbu mutaxassis poytaxtliklarni juda yaxshi biladi. Uning shogirdlari safarda harakat qilishlariga qaramay, raqibga jiddiy kurash taklif etishlari aniq.

7cc3d080598625a1d57892cf430ec4a5

O‘z navbatida “Loko” vakillari bor e’tiborlarini ichki musobaqalarga qaratishgani bois qolgan bellashuvlarda iloji boricha ko‘proq ochkolarni qo‘lga kiritishlari talab etiladi. Sababi turnir jadvalini boshqarib kelayotgan “Paxtakor” bilan oradagi farq 5 ochkoni tashkil qilmoqda. Demak, endi ortga yo‘l yo‘q. “Lokomotiv” bundan buyog‘iga “sherlar”ni ta’qib qilishlari aniq. Eng e’tiborlisi, toshkentliklarni bugungi raqib “Surxon” izma-iz kuvib kelmoqda. Ular oraqidagi farq 3 ochko. Bugun Miklyaev jamoasi g‘alaba qozonishsa, “temiryo‘lchilar”ga etib olishadi. Bunga maydon egalari yo‘l qo‘ymaslik uchun kurashishsa, surxonliklar kuchli uchlikdan tushib ketmaslik uchun borlarini berishadi.

Imkoniyat: 55% - 45%

Yuqoriga intilayotgan Baqoev jamoasi

Ulug‘bek Baqoev Jizzaxga kelganidan so‘ng mahalliy muxlislarning jamoaga bo‘lgan ishonchi ortdi. G‘alabalarni unuta yozgan “So‘g‘diyona” Baqoev bilan muvaffaqiyat qozonib, ishqibozlarga xushkayfiyat ulashishmoqda. “Oq bo‘rilar” oxirgi uchta o‘yinda 9 ochko ishlashdi. Bu esa turnir jadvalida yaxshigina ko‘tarilishni taqdim etdi.

baqoyev 2018

“Qizilqum” borasida shu paytgacha biror mutaxassis aniq fikr bildira olmaydi. Bir qarasang kuchlilar bilan tengma-teng o‘ynashi, bir qarasang o‘z uyida autsayderlarga imkoniyatni boy berishi mumkin. Shuning uchun ular haqida aniq bir fikr bildirish qiyin. Hamidjon Aktamovni bitta narsa qutqarishi mumkin. U ham bo‘lsa Elguja Grigalashvilli. Agar Elgujaning kayfiyati yaxshi bo‘lsa, 3 ta gol urishi va raqibni engishi mumkin. Aksi bo‘lsa, navoiyliklarning holiga voy deyavering. Shu bois bugun ko‘p narsa xorijlik futbolchiga bog‘liq desa ham bo‘ladi.

Imkoniyat: 50% - 50%

15 iyun, shanba

18:00. QO‘QON-1912 — DINAMO “Sport” #LIVE

19:30. LOKOMOTIV — SURXON “Mahalla” #LIVE

20:00. QIZILQUM — SO‘G‘DIYoNA “Sport” #LIVE

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
15/06/2019 13:40
бугун қўқон ютади. қоидаси шунақа
&
Surxon turon
15/06/2019 16:16
Axmadjonov ketti muminjonuvdi surxonga qaytishini kutsmiz miklayivjon senga omad bugun lokoni bir yutgin va uzingni kursat
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
15/06/2019 13:40
сўғдиёна ютади
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
15/06/2019 13:40
локомотив дуранг ўйнайди