Mbappe Arbeloa bilan munosabati haqida gapirdi

  • 15.05.2026 07:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real”hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatida “Oviedo”ga qarshi oʻyindan keyin bosh murabbiy Alvaro Arbeloa bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi.

Gap shundaki, ispaniyalik mutaxassis mashhur futbolchini boshlangʻich tarkibga kiritmadi va ikkinchi boʻlimda zahiradan maydonga tushirdi.

Jarohatdan tuzalgan fransiyalik forvard jamoadagi roli va tarkib uchun raqobat haqidagi muhokamalar markazida qolmoqda.

Mbappe murabbiy bilan hech qanday muammosi yoʻqligini va oʻyin vaqti uchun kurashishga tayyor ekanini aytdi.

- Mening Arbeloa bilan hech qanday muammom yoʻq. Maydonga koʻproq tushish uchun men Franko Mastantuono, Vinisius Junior va Gonsalo Garsiyadan yaxshiroq boʻlishim kerak, -dedi fransiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!