
Mbappe bu ketishda uzoqqa boradi
Frantsiya chempiontining navbatdagi turida PSJ safar uchrashuvida “Ayachcho”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu bahsda Kilian Mbappe ikkita gol urishdan tashqari, jamoadoshi Lionel Messiga assistentlik qildi. Shu tariqa, Mbappening Frantsiya chempionatidagi samarali harakatlari umumiy hisobda 200 taga etdi. Buning uchun Kilianga 194 ta uchrashuvda qatnashish kifoya qildi xolos.
Yanada aniqroq aytganda, Kilian Mbappe 194 ta bahsda raqiblar darvozasini 145 marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshlariga 55 ta golli pas uzatgan.
Kilian Mbappe klubdagi muammolariga qaramay, maydonda bor kuchini sarflayotgani muxlislarga manzur kelmoqda.
Fikrlar