Mbappe “Evro-2024”da nega yaxshi o‘ynamayotgani sababi oshkor bo‘ldi

  • 7 iyul, 2024, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyada davom etayotgan Evropa chempionatida Frantsiya terma jamoasi etakchisi Kilian Mbappe kutilgan darajada o‘ynay olmayapti.

Tecno

Le Parisien nashri 25 yoshli futbolchi nega yuqori daraja o‘yin ko‘rsata olmayotganini ikki sababga bog‘ladi.

Manbaga ko‘ra, birinchi sabab Frantsiyadagi siyosiy vaziyat bilan bog‘liq. Parlament saylovlarining birinchi turida Kilian Mbappe ko‘p tanqid qilgan Marin Le Pen partiyasi g‘olib chiqqan. Shu bois, mamlakatdagi siyosiy vaziyat futbolchiga ruhiy bosim o‘tkazayotgan ekan.

Bundan tashqari, Mbappening jismoniy holati “Evro-2024” uchun to‘liq tayyor bo‘lmagani ikkinchi sabab sifatida keltirilmoqda.  Musobaqa tayyorlanish jarayonida hujumchi beli va tizzasida og‘riq his qilayotganidan shikoyat qilgan.   

Shuningdek, Kilian Mbappe birinchi turdagi to‘qnashuvda burni singanidan keyin himoya niqobida o‘ynashga majbur bo‘lmoqda. Bu niqob futbolchiga maydonni to‘liq ko‘ra olishiga halaqit berayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe Evropa chempionatida Frantsiya terma jamoasi safida jami to‘rtta uchrashuvda maydonga tushib, atigi bitta gol muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
07/07/2024 19:13
УЕФА ва ФИФА Россия МТЖ ни Украинага уруши сабаб четлаштирди.Исроилни четлатмади.Колаверса футболга сиесатни аралаштирмаймиз деган карорлари хам бор.Хеч нарсани тушуна олмаяпман.Билганлар илтимос,тушунча беринглар.Олдиндан рахмат.
Дилшод Хамзаев
07/07/2024 20:44
Чунки УЭФА ФИФА ва БМТ Исролни ўйинчоғику.Исроил нима деса шу бўлади.