Mbappe Frantsiyani aldayaptimi?

  • 6 oktabr, 2024, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappening PSJdan “Real”ga o‘tgani uning o‘z yurtidagi imidjiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Yaqinda Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham 25 yoshli hujumchini navbatdagi yig‘inlarga chaqirmaganini Mbappening jismoniy holati yaxshi emasligi bilan izohlab, bu borada o‘yinchining  o‘zi va “Real” bilan maslahatlashgan holda unga hordiq uchun qo‘shimcha vaqt berishga qaror qilinganini aytgandi.

Shunga qaramay, Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining 9-turida “Vilyarreal”ga qarshi bahsda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va 71 daqiqa o‘ynadi.

L'Équipe nashrining yozishicha, Dide Desham bu holatdan jumbushga keldi.

Frantsiyalik mutaxassisni Mbappe jarohatidan tiklanish uchun vaqt so‘rab, terma jaoa yig‘iniga kelmagani, biroq klub miqyosida jangovar holatda o‘yin o‘tkazayotgani sababi qiziqtirmoqda.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!