
Mbappe Habib Nurmagomedovga maxsus sovg‘a berdi
Yaqinda Birlashgan Arab Amirliklarida “Spartak” jamoasi yig‘inida qatnashib, Oston O‘runov bilan bir jamoada to‘p tepgan Habib Nurmagomedov Chempionlar ligasi doirasida “Barselona” va PSJ o‘rtasidagi uchrashuvni bevosita stadiondan tomosha qildi.
Ushbu bahs oldidan rossiyalik jang san’atlari ustasi parijliklarga muxlis qilishini bildirgandi. Uchrashuvda xet-trikka erishib, jamoasining 4:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan Kilian Mbappe mashhur sportchiga o‘ziga xos tarzda minnatdorlik bildirdi. Ushbu bahsdan so‘ng, Habib Mbappe unga sovg‘a qilgan dastxat tushirilgan futbolkaning suratini ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.
“Xet-trik bilan tabriklayman, ayniqsa, “Barselona” darvozasiga”, - deb yozdi Habib Nurmagomedov.
Shuningdek, Habib parijliklarning tajribali darvozaboni Keylor Navas bilan ham esdalik uchun suratga tushdi.
Fikrlar