Mbappe Kantedan sardorlik bog‘ichini Sherki orqali tortib oldi

  • 03.04.2026 18:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya milliy terma jamoasi Janubiy Amerika turnesini Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinidagi gʻalaba (3:1) bilan yakunladi. Biroq ushbu uchrashuvning asosiy voqeasi natija emas, balki 78-daqiqasida sodir boʻlgan epizod boʻldi.

Unda Rayan Sherki oʻrniga zahiradan maydonga tushayotgan Kilian Mbappe maydonga chiqishdan oldin unga sardorlik bogʻichini olib kelishni talab qildi.

Oʻsha paytda sardorlik nishoni 35 yoshli tayanch yarim himoyachi N’Golo Kanteda edi, u oʻsha kuni tugʻilgan kunini nishonlayotgandi.

Sherki noiloj iltimosni bajardi: u Kantedagi sardor bogʻichini yechib, uni hali maydonga chiqmagan Mbappaga olib bordi. Hujumchining bu harakati ijtimoiy tarmoqlarda keskin reaktsiyaga sabab boʻldi. Koʻplab muxlislar bu vaziyatdan norozi boʻlishdi va uni Mbappeni “diktator”, deb atay boshlashdi.

Mbappe 2023 yil mart oyidan beri Frantsiya terma jamoasining asosiy sardori hisoblanadi. U milliy jamoa tarixidagi ikkinchi eng yaxshi toʻpurar (96 oʻyinda 56 gol) boʻlib turibdi. Kilian Olivier Jiru rekordiga yetishi uchun atigi bitta gol qolgan, amma Jiru bu natijaga erishish uchun Mbappedan 41 ta oʻyin koʻp oʻtkazgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!