Mbappe katta trasnferni tasdiqladi

  • 08.05.2023 21:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan. Parij klubi mutasaddilarining asosiy nishonlaridan biri “Manchester Siti” futbolchisi Bernardu Silva hisoblanadi.

le10sport nashrining ma’lum qilishicha, PSJ etakchisi Klian Mbappe portugaliyalik o‘yinchi transferini tasdiqlagan. Chunk 24 yoshli hujumchi “Monako”da Silva bilan birga to‘pgan va ular bir birini yaxshi tushunadi.

Bernardu Silva varianti jamoa sport direktori Luish Kampushga ham ma’qul kelmoqda.

28 yoshli futbolchining o‘zi “Manchester Siti”dan ketib, kuchini boshqa chempionatda sinab ko‘rish istagida ekanini bir necha marotaba bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!