
Mbappe kelsa, men ketaman!
PSJ hujumchisi Kilian Mbappening navbatdagi jamoasi “Real” bo‘lishi mumkin. 25 yoshli forvardning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi yakunlanmoqda.
Jurnalist Eduardo Indaning ta’kidlashicha, Kilian “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tadigan bo‘lsa, Karlo Anchelotti ishongan hujumchilaridan birini yo‘qotadi.
- Mbappe “Real”ga o‘tadigan bo‘lsa, kimdir ketishiga to‘g‘ri keladi. Chunki klub pul ishlashi kerak. Kilian bir necha pozitsiyada o‘ynay oladi, xususan, jamoaga yangi kelgan Endrik o‘rnida ham.
Biroq, “Real” sotib yuborishi kerak bo‘lgan eng zo‘r nomzod Vinisius Juniordir. Uni sotib yuborish orqali madridliklar Mbappega maydondan joy ochib beradi va yaxshigina pul ishlab oladi, - dedi Eduardo Inda.
Bundan tashqari, o‘tgan yili Vinisius Juniorning o‘zi ham jamoaga Kilian Mbappe kelsa, “Real”ni tark etishi haqida gapirgan edi.
Fikrlar