Mbappe ketadi! Endi PSJning rejasi qanday?

  • 11 may, 2024, 01:17
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ Kilian Mbappening ketishi ortidan kamida 225 million evro tejab qoladi. 

Tecno

25 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda mavsum yakunida klubni tark etishini ma’lum qildi. U yangi jamoasi nomini oshkor qilmadi.

"CBS Sports" jurnalisti Ben Jeykobsning xabar berishicha, PSJ Mbappe transferidan maosh, soliq va sug‘urta badallarini hisobga olgan holatda, 225 million evro tejab qoladi.

Ushbu mablag‘ning katta qismi jamoani qayta ishlash va yosh iste’dodlarga sarmoya kiritish doirasida yozda bir qancha o‘yinchilarni sotib olishga sarflanadi. 

Avvalroq, Mbappening "Real"ga o‘tishi haqida bir necha bor xabar berilgandi. 

Kilian 2017 yildan beri Parij klubi safida faoliyat olib boradi. Jamoa safidagi 7 mavsumida u 255 gol bilan PSJ tarixidagi mutlaq to‘purarga aylangan. 
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!