Mbappe Messining mundialdagi rekordiga juda yaqinlashdi

  • 01.07.2026 07:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shvetsiyaga qarshi o‘yinda dubly qayd etgan Kilian Mbappe Jahon chempionatlaridagi gollari sonini 18 taga yetkazdi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha undan faqat Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi (19 gol) oldinda turibdi.

Shuningdek, Mbappe ushbu mundialdagi gollari sonini 6 taga yetkazib, "JCh-2026" to‘purarlari poygasida ham Messiga yetib oldi.

Ma’lumot uchun, Argentina nimchorak finalda Kabo-Verdega qarshi bahs olib boradi. Bellashuv 4 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!