Mbappe oldida uch variant. Qay birini tanlaydi?

  • 28 dekabr, 2023, 23:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum oxirida Kilian Mbappening PSJ bilan shartnomasi tugaydi. 2024 yilning ilk kunidan boshlab, 25 yoshli forvard har qanday klub bilan muzokara olib borish huquqiga ega bo‘ladi.

Tecno

Evropa matbuotining yozishicha, frantsiyalik forvard oldida asosan uchta variant turibdi.

Mbappe PSJdan ketish fikrini o‘zgartirib, parijliklar bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. Klub rahbariyati anchadan beri uni hamkorlikni uzaytirishga ko‘ndirishga urinyapti.

Agar Kilian Parijdan ketadigan bo‘lsa, asosiy da’vogar sifatida “Real” tilga olinmoqda. Biroq madridliklar bu vaziyatda o‘z shartlarini o‘tkazishga harakat qiladi.

Mbappe har ikki variantdan voz kechishi ham mumkin. Mohir to‘purarni Angliya Premer-ligasining grand klublari kutyapti. Demak, jahonning eng qimmatbaho o‘yinchilaridan biri hisoblangan Mbappe tez orada hal qiluvchi qaror qabul qilishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!