
Mbappe o‘zini hayratga solgan o‘yinchi kimligini aytdi
“Real” va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe sobiq klubi PSJda o‘zini hayratga solgan futbolchi borligini ta’kidladi.
- Men Barkola uchun xursandman, u zo‘r o‘yinchi. Gol urolmagan uchrashuvlari uchun uni qattiq koyimang. Bredlining salohiyati juda katta.
U maydonda ajoyib harakat qilmoqda va kelajakda yanada yorqin porlaydi. Men uning o‘yinlarini kuzatib boraman, - dedi Kilian Mbappe.
22 yoshli Bredli Barkola PSJ tarkibida Kilian Mbappening o‘rinbosari vazifasini bajarib kelmoqda. Yangi mavsumda jamoa safida uchta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar