Mbappe PSJga ketishini aytib, o‘ziga jamoa tanladi

  • 3 mart, 2021, 19:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kilian Mbappe PSJ rahbariyatini klub bilan yangi shartnoma imzolamasdan, boshqa jamoaga o‘tishni rejalashtirayotgani haqida ogohlantirdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, 22 yoshli hujumchi faoliyatini Angliya premer-ligasida, aniqrog‘i, “Liverpul”da davom ettirishni istamoqda. Bundan tashqari, Mbappe boshqa klublar taklifini ham ko‘rib chiqishga tayyorligi aytilmoqda.

Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Agar PSJ uni yangi bitimga ko‘ndira olmasa, yozda sotib yuborishga majbur bo‘ladi. Mbappega “Real” ham anchadan beri og‘iz solayotgan bo‘lsa-da, madridliklarda transfer va futbolchining maoshi uchun mablag‘ etarli emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!