Mbappe PSJga sodiq emasligini ko‘rsatdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klubga sodiqligi uchun beriladigan 70-80 million evro miqdoridagi bonusni olmaslikka qaror qildi.
Taniqli jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, 25 yoshli futbolchi yozda boshqa klubga erkin agent sifatida o‘tmasa, mana shu miqdorda mablag‘ olishi kerak edi.
Mbappe mavsum oxirida boshqa klubga ketmoqchi va parijliklarning hamkorlikni uzaytirish borasidagi takliflarini qabul qilmayapti.
Kilian o‘tgan yoz klub bilan kelishuvini uzaytirmadi. Shu tariqa, o‘yinchi o‘ziga berilishi mo‘ljallangan katta miqdordagi bonusdan ham quruq qoldi.
Manbaning ta’kidlashicha, Kilian Mbappe klubdan ketish fikrini o‘zgartirib, yangi shartnoma imzolaydigan bo‘lsa, o‘ziga va’da qilingan barcha bonuslarni oladi.

Fikrlar