
Mbappe “Real”ni qo‘rqitib qo‘ygan ekan
“Real” har doim zamoaning eng yaxshi o‘yinchilarini qo‘lga kiritish uchun kurashib keladi. Ayni paytda madridliklar bir necha grand klublar nishonida turgan Jud Bellingem transferi bo‘yicha ish olib bormoqda.
“Borussiya” o‘ynayotgan 19 yoshli yulduz “Real”ga o‘tishga moyillik bildirgan bo‘lsa-da, “Qirollik klubi” bu masalaga juda ehtiyotkorona yondashmoqda.
Chunki o‘tgan yili madridliklar PSJ hujumchisi Kilian Mbappe transferini ishonch bilan kutgandi. Lekin so‘nggi pallada frantsiyalik to‘purar katta pul va’da qilgan parijliklar safida qoldi.
“Borussiya” klubi Jud Bellingamni sotib yuborish, g‘aznaga daromad kiritishga qaror qilgan. Dortmundliklar angliyalik yarim himoyachini 140 million evro atrofida baholamoqda.
Shunga qaramay, Bellingem uchun “Real”dan tashqari “Manchester Siti” va “Liverpul” ham kurashmoqda.
Fikrlar