
Mbappe Ronaldu haqida nimalar dedi?
“Real” futbolchisiga aylangan Kilian Mbappe “Qirollik klubi”ning eng yorqin yulduzlaridan bo‘lgan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
- Men bolaligimdagi kumirim Krishtianu Ronalduni hurmat qilaman. Endi u dshstimga aylangan va mendan maslahatlarini ayamaydi. Biz doim aloqadamiz, - dedi Kilian Mbappe.
Krishtianu Ronaldu “Real” safida 438 ta uchrashuvda ishtirok etib, 450 ta gol va 131 ta assist muallifi bo‘lgan.
Umumiy hisobda portugaliyalik yulduz o‘z yurtidan tashqari Angliya, Ispaniya, Italiya va Saudiya Arabistoni chempionatlarida to‘p tepgan.
Ronaldu klublar miqyosidagi faoliyatida jami 1013 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 759 marta ishg‘ol qilgan, jamoadoshlariga 238 ta golli pas uzatgan.
Portugaliya terma jamoasida 212 ta uchrashuvda 130 ta to‘p kiritgan Krishtianu Ronaldu har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha jahon rekordchisi hisoblanadi.
Fikrlar