Mbappe Ronalduga gol urishni ko‘rsatib qo‘ydi

  • 1 oktabr, 09:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida Madridning “Real” jamoasi Qozog‘iston chempioni !Qayrat” mehmoni bo‘lib, raqib ustidan 5:0 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Uchrashuvda xet-trik qayd etgan Kilian Mbappe shu kuni qit’aning eng nufuzli turnirida urgan umumiy gollari sonini 60 taga etkazib oldi. Frantsiyalik o‘yinchiga bu natijani qayd etish uchun 88 ta uchrashuv kifoya qildi.

26 yoshli hujumchi bu ko‘rsatkich bo‘yicha Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. Portugaliyalik yulduz Chempionlar ligasi 60 ta gol urish uchun 98 ta o‘yinda ter to‘kishiga to‘g‘ri kelgan.

Chempionlar ligasida Mbappedan tez 60 ta gol urgan ikki futbolchi bor. Lionel Messi o‘z davrida 80 ta uchrashuvda 60 ta to‘p kiritgan bo‘lsa, Robert Levandovski bu ishni 85 ta o‘yinda uddalagan.

Eslatib o‘tamiz, Kilian Mbappe 2024 yilning yozidan beri “Real” sharafini himoya qilib kelmoqda va shu paytga qadar barcha turnirlarda 68 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisbiga 57 ta gol va oltita assist rasmiylashtirib qo‘yishga ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!