Mbappe tarixda qolishi uchun yana 25 ta gol kerak

  • 21 aprel, 2022, 09:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining navbatdagi turida “Pari Sen-Jermen” safar uchrashuvida “Anje” ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi.

Bellashuvning 25-daqiqasida hisobni ochgan Kilian Mbappe parijliklar safida gol urish bo‘yicha Zlatan Ibrohimovichning natijasini takrorladi. 23 yoshli hujumchi gollari sonini 113 taga etkazib oldi.

Bu ko‘rsatkichga erishish uchun Mbappega 137 ta uchrashuv kerak bo‘ldi. Zlatan 113 ta golni 122 ta o‘yinda kiritgan.

PSJ tarixidagi eng zo‘r to‘purar Edinson Kavani hisoblanadi. Urugvaylik hujumchi hisobida 138 ta gol bor.

Demak, Kilian Mbappe unga etib olishi uchun yana 25 marta raqiblar darvozasini aniq nishonga olishiga to‘g‘ri keladi. Buning uchun frantsiyalik hujumchi parijliklar bilan yangi shartnoma tuzib. Kelasi mavsumni ham shu jamoada boshlashi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!