Mbappe transferi biznes xolos, Peres esa bunaqa o‘yinlarga usta
“Real”ning sobiq futbolchisi Guti PSJ hujumchisi Kilian Mbappe baribir Madridga olib kelinishiga ishonchi komilligini aytdi.
- Mbappening orzusi “Real”ga o‘tish, “Real”ning niyati Kilianni o‘ynatish. Oxir-oqibat, ular baribir kelishib oladi. Bu erda hammasi futbolga bog‘liq emas, bu katta biznes.
Florentino Peres bunaqa ishlar bilan butun umri davomida shug‘ullanib kelyapti va shuning uchun ham bu biznesga usta.
Peres ilgari Figu, Bekxem va Zidan kabi yulduzlar bilan ham shunday yo‘l tutgan va Mbappeni ham “Real”ga olib keladi. Boshqa yo‘li yo‘q, - dedi Guti.
Fikrlar