Mbappe va Arbeloa “axborot urushi”ga kirishib ketdi

  • 16.05.2026 11:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa va to‘purar Kilian Mbappening ommaviy axborot vositalari orqali bir biriga tosh otishi keyingi paytda avjiga chiqib bormoqda Ular berayotgan bayonotlar bir biriga to‘g‘ri kelmayapti.

Ma’lum bo‘lishicha, murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi “axborot urushi” madridliklarning La Liga 36-turidagi “Oviedo”ga qarshi o‘yin (2:0) arafasida boshlangan.

O‘zaro suhbatda ham Kilian Mbappe uni zahira o‘rindig‘ida qoldirishganidan norozilik bildirgan.  O‘z navbatida, murabbiy ham fransuz futbolchisining so‘nggi haftalardagi xulqidan norozi ekanini aytgan.

Bu haqida The Athletic xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Arbeloga 10 may kuni bo‘lib o‘tgan La Ligadagi “Barselona”ga qarshi o‘yin (2:0) oldidan Mbappening harakatlari yoqmagan.

Uchrashuvdan bir kun oldin hujumchi zahiradan maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar qatoriga kiritilgan edi. Biroq Mbappe noqulaylik his qilgani sababli o‘yinoldi mashg‘ulotida ishtirok etishdan bosh tortgan.

Fransuz futbolchisi son orti payi jarohatidan tiklanayotgan vaqtda sevgilisi bilan n Italiyaga borishga qaror qilgani uchun ham “Real” ichida tanqidga uchragan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!