Mbappe va Vinisius jamoadoshlariga “haq” berdi

  • 12.02.2026 07:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” jamoasi futbolchilari yaqinda shahardagi mehmonlar maxfiyligiga alohida e'tibor qaratiladigan nufuzli restoranlardan birida yopiq muhitda yig‘ilish o‘tkazishdi. Unda barcha futbolchilar istisnosiz ishtirok etdi.

Mehmondorchilikning yakuniy hisobini jamoadа eng katta maosh oladigan ikki futbolchi – Kilian Mbappe va Vinisius Zhunior birgalikda to‘lab yuborgani aytilmoqda.

Ziyofat bu ikki yulduzga 1776 yevroga tushgan va bu butun jamoa uchun ancha kam chiqim bo‘lganidan dalolat beradi.

Marca nashri ma'lumotiga ko‘ra, uzoq davom etgan o‘tirishni birinchilardan bo‘lib, soat 23:00 atrofida Andrey Lunin, Antonio Ryudiger, Arda Gyuler va Ferlan Mendi tark etgan. Ulardan yarim soatdan keyin Federico Valverde va Eder Militao ketgan.

Vinisius va Mbappe restoranini tungi soat bir yarimlar atrofida tark etgan bo‘lsa, eng oxirgi mijoz – Raul Asensio o‘rnidan turganida soat millari 2:50ni ko‘rsatayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!