Mbappe yana bir rekord o‘rnatdi
"Real Madrid" hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasining 2-turida "Qayrat" (5:0) darvozasiga uch marta yo‘l topib, xet-trikka erishdi.
Bu natija 26 yoshli futbolchini klub tarixiga kiritdi. Mbappe Evropa qit’asining eng nufuzli musobaqasida "Real"ning dastlabki uchta golini urgan ilk futbolchiga aylandi, deb xabar berdi "Opta" nashri.
Ma’lumot uchun, Kilian joriy mavsum klub safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Shuningdek, frantsiyalik hujumchi 5 ta gol bilan turnirning yangi mavsumida to‘purarlar ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda.



Fikrlar