
Mbappega 200 million to‘lashga tayyor yana bir jamoa ma’lum
"Liverpul" PSJ hujumchisi Kilian Mbappe uchun kurashmoqchi.
Jurnalist Edu Agirre Mbappe va PSJga yaqin manbalarga tayanib, so‘nggi soatlarda PSJ Mbappe uchun "Liverpul"dan 200 million evrolik transfer taklifi olganini aytdi.
Ingliz klubi muzokaralarda jadallik bilan harakat qilmoqda. Taklif PSJda allaqachon muhokama qilingan.
Oldinroq "Real" Mbappe uchun 200 million evro to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi kecha Kilian klubni tekinga tark etmasligini aytdi: "U yo shartnomasini uzaytiradi yoki shu yozda ketadi".
Fikrlar