
Mbappega pulimiz etmayapti!
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp PSJ hujumchisi Kilian Mbappening uning jamoasiga transfer qilinishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Men Kilian Mbappeni haqiqatan zo‘r futbolchi, deb hisoblayman. Lekin uni safimizga qo‘shib olishning moliyaviy talablari bizni umuman qoniqtirmaydi.
Bilishimcha, “Liverpul” va Mbappe o‘rtasidagi hech qanday aloqa yo‘q. Balki klubda kimdir bu transfer bo‘yicha nimalarnidir tayyorlab, meni hayratga solmoqchidir. Lekin bu erdagi sakkiz yillik faoliyatim davomida bunaqasi bo‘lmagan, - dedi Yurgen Klopp.
PSJ rahbariyati klub bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan Kilian Mbappeni transferga qo‘ygan. Unga “Liverpul”, “Manchester Yunayted”, “Chelsi”, “Real”, “Barselona” va “Al-Hilol” jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Fikrlar