Mbappega “Real”ning ishi yoqmadi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini qaysi jamoada davom ettirish bo‘yicha bir qarorga kelishidan avval, barcha variantlarni puxta o‘rganib chiqmoqchi.
Xususan, 25 yoshli futbolchi oldida Angliya Premer-ligasiga yo‘l olish varianti ham bor, - deb xabar tarqatdi The Times nashri.
Manbaga ko‘ra, “Real”ning Kilian Mbappega bir qarorga kelish bo‘yicha muddat qo‘ygani yoqmagan. Madridliklar frantsiyalik futbolchiga yanvarning yarmigacha qaror qabul qilish kerakligini uqtirgan.
Mbappe o‘z yaqinlariga “Real” uning taqdirini bosim o‘tkazish orqali hal qilishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlagan.
Hozircha, Kilianning tanlovi qanday bo‘lishi ma’lum emas. PSJ uni olib qolish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda.
Fikrlar