
Mbappening dubli PSJga "Lill" ustidan yirik hisobdagi g‘alabani taqdim etdi (video)
Frantsiya kubogining 1/8 finali doirasida PSJ o‘z maydonida “Lill”ni qabul qildi.
Parijdagi bellashuv 3:0 hisobida maydon egalarining yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni PSJ safida gollarni Mauro Ikardi (9') va Kilian Mbappe (41', 90') kiritdi. Shu tariqa PSJ mamlakat kubogining chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar