Mbappening sermahsulligi “Real” muxlislariga yoqmay qoldi
2024 yilning yozida PSJdan “Real”ga erkin agent maqomida ko‘chib o‘tgan Kilian Mbappe qisqa fursat ichida Madrid klubining asosiy quroliga aylanib qoldi.
Frantsiyalik futbolchi joriy mavsumning to‘qqizta uchrashuvida 13 ta gol urdi. Bosh murabbiy Xabi Alonso barcha uchrashuvlarda 26 yoshli yulduzini boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirmoqda.
Diario AS nashrining yozishicha, “Real” muxlislari orasida jamoada yuzaga kelgan vaziyat kuchli xavotir uyg‘ota boshladi. Fanatlarga jamoa faqat bir o‘yinchi, ya’ni Kilian Mbappega bog‘lanib qolayotgani yoqmayapti. Bu holat vaqti kelib klub ziyoniga ishlashi mumkinligi aytilmoqda.
Darhaqiqat, Kilian Mbappe hozir hujum chizig‘ida almashtirib bo‘lmas yagona o‘yinchi hisoblanadi. Oldingi chiziqning qolgan vakillariga barqarorlik etishmayapti va bu klubda muvozanat buzilishini keltirib chiqaradi.

Fikrlar