Mbappening transferiga nima halaqit qilyapti?

  • 12 yanvar, 2024, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJdan ketishi mumkin bo‘lgan Kilian Mbappega da’vogarlik qilayotgan klublardan biri Liverpul”dir.

Tecno

25 yoshli forvard faoliyatini qaerda davom ettirishi borasida turli xil axborotlar ko‘payib boryapti. Xususan, Mbappe anchadan beri “Liverpul” va Yurgen Kloppning ish uslubini yuqori baholayotgani aytilmoqda.

Manbalarda keltirilishicha, “Liverpul” frantsiyalik forvardni olishiga to‘sqinlik qilayotgan masala bor. Bu futbolchining maoshi. Mbappe haftasiga 650 ming evro maosh talab qilyapti.

Kilian kamroq maoshga rozilik berishi mumkin. Buning uchun uni oladigan klub katta miqdorda bonus ajratishi kerak bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!