Meksika qahramoni A Seriyaga yo‘l oladi

  • 21 dekabr, 2022, 13:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Meksika terma jamoasi darvozaboni Gilermo Ochoa "Salernitana"ga o‘tishga yaqin turibdi.

Tecno

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 37 yoshli darvozabon yaqin soatlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va A Seriya klubi bilan shartnoma imzolaydi. Shartnomada uni bir yilga uzaytirish bandi mavjud bo‘ladi va 2023 yilning iyuniga qadar mo‘ljallanadi.

Ma’lumot uchun, Ochoa "Salernitana" safiga tekinga borib qo‘shiladi, chunki uning mahalliy "Amerika" klubi bilan kelishuvi 2022 yilning 31 dekabrigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Meksika JChda Argentina, Polsha hamda Saudiya Arabistoni mavjud bo‘lgan "C" guruhidan joy olgan bo‘lib, yakunda pley-off masalasini ijobiy hal eta olmadi. Biroq Ochoa Polshaga qarshi bahsda Levandovski tepgan penaltini qaytardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!