
"Men Argentina terma jamoasida ekanman sen u jamoada hech qachon o‘ynamaysan"
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi bilan "Sietl Saunders" jamoasi a’zosi, vatandoshi Pedro de la Vega o‘rtasida Ligalar kubogining so‘nggi finali davomida mojaro yuz berdi. Bu haqda MLS klublarining sobiq futbolchisi Alan Gordon xabar berdi.
- Leo de la Vegaga "Men Argentina terma jamoasida ekanman sen u jamoada hech qachon o‘ynamaysan" deb aytdi, - dedi Alan "Major League Journeyman" podkastida.
Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvida Messi jamoasi 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi. O‘yin yakunlangach, "Inter Mayami" va "Sietl" futbolchilari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi, unda ispaniyalik yarim himoyachi Serxio Buskets raqibiga zarba berdi.
Fikrlar