
Men “Chelsi”dan ketmayman
“Chelsi” hujumkor futbolchisi Rahim Sterling jamoa mavsumni barbod qilgani va kelasi yili Chempionlar ligasida qatnashmasligiga qaramasdan, klubni tark etmasligini ma’lum qildi.
Xalqaro musobaqalardan chetda qolgan “Chelsi” rahbariyati yozda tarkibda katta tozalash ishlarini o‘tkazadi. Yangi bosh murabbiyga aynan mana shu vakolat beriladi.
Ayni paytda jamoani Maurisio Pochettino boshqarishi kutilyapti. Klub xo‘jayinlariga argentinalik mutaxassisning g‘oyalari ma’qul kelgan.
Rahim Sterling Pochettino bilan birga ishlash istagida jamoada qolishga qaror qildi. Angliya terma jamoasi o‘yinchisi “aristokratlar” safiga o‘tgan yili yozda qo‘shilgandi. Bu futbolchi uchun “Chelsi” mutasaddilari “Manchester Siti”ga 51 million evro miqdorida badal puli to‘lagan.
Sterling yangi jamoasida Angliya Premer-ligasi doirasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol va uchta assist qayd etdi.
Fikrlar