Men Messi va Ronaldudek zo‘r edim...

  • 11 iyun, 2022, 20:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Uesli Sneyder o‘z davrida Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu darajasiga chiqish imkoni bo‘lganini ta’kidladi.

- Men Messi va Ronaldudek yulduzga aylanishim mumkin edi. Lekin buni istamadim. Men hayotimdan lazzat olib, xotirjam yashashni istadim. Leo va Krish boshqacha, ular o‘z muvaffaqiyati uchun ko‘p narsani qurbon qildi.

Shunga qaramay, meni hammasi qoniqtiradi, faoliyatim juda yorqin bo‘lgan, - dedi  Uesli Sneyder.

Niderlandiyalik futbolchi “Ayaks”, “Real”, “Inter”, “Galatasaray”, “Nitstsa” va “Al-Garafa” jamoalarida to‘p tepgan. Faoliyati davomida jami 573 ta uchrashuvda 152 ta gol va 145 ta assist muallifi bo‘lgan.

Shuningdek, Sneyder Niderlandiya terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi. U mamlakati bosh jamoasida134 marta maydonga tushib, raqiblar darvozasini 31 marta ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!