Mendes “Siti” yulduzi xizmatini “Real”ga taklif qildi

  • 25.04.2026 11:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silvaning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorje Mendes 31 yoshli futbolchini Madriddning “Real” klubiga taklif qildi.

Avvalroq futbolchi mavsum yakunida ingliz klubini tark etishini ma'lum qilgan edi. Bu haqida AS nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, hozirgi vaqtda ispan grandi Angliya chempionini olti marta qo‘lga kiritgan futbolchi xizmatlariga qiziqish bildirmayapti. Ta'kidlanishicha, Bernarduning o‘zi faoliyatini top-klubda davom ettirishni istamoqda.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Transfermarkt portali ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 27 million evroni tashkil qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!