
Mendi kelajagi borasida qaror qildi
"Real" klubi himoyachisi Ferlan Mendi Madriddagi kelajagiga ishonmayapti. 29 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yil yozda yakunlanadi. Frantsiyalik qanot himoyachisi uchun Angliya top jamoalari da’vogarlik qilishmoqda.
"Qirollik klubi" ushbu yozda erkin agentga aylanadigan Alfonso Devisni olib kelmoqchi. "Bavariya" yaqinda kanadilik futbolchiga taklif jo‘natdi, biroq bu taklif Devisni qanoatlantirmadi.
Ma’lumot uchun, Mendi joriy mavsum madridliklar safida 36 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol kiritdi.
Fikrlar