Menni Pakyaoning navbatdagi jangi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi

  • 27 yanvar, 2021, 00:10
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBC yo‘nalishining vaqtinchalik chempioni hisoblangan Rayan Garsiyaning Menni Pakyaoga qarshi rejalashtirilgan jangi qachon o‘tkazilishi aniq bo‘ldi. 22 yoshli sportchi tajribali raqibiga qarshi sentyabr oyida bahs olib boradi. 

Tecno

Bu haqida ESPN KNOKCOUT nashri xabar tarqatmoqda. Manbaning ma’lumot berishicha, tashkilotchilar bellashuvni Los-Anjeles va Saudiya Arabistonida o‘tkazish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Shartnoma shartlarining qolgan qismlari hozircha sirligicha qolmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, filippinlik 42 yoshli superyulduz ayni paytda WBA kamariga egalik qilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!