
Merab Dvalishvili: "O‘zimni Konor Makgregor, Jon Jons va Mayk Tayson kabi his qilyapman"
O‘ta engil vaznda (61 kg) UFC ning amaldagi chempioni Merab Dvalishvili so‘nggi paytlarda mashhurligi keskin oshganini va ba’zida uning yoqimsiz tomonlarini his qilayotganini aytdi.
“Oxirgi bir-ikki jangda menga katta e’tibor qaratildi. Odamlar meni taniy boshladi. Biroq shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda juda ko‘p nafrat paydo bo‘ldi. Men hozir qila oladigan eng yaxshi narsa ko‘proq janglarda qatnashish. Men biroz dam olmoqchi edim, lekin hozir o‘zimni Konor Makgregor, Jon Jons va Mayk Tayson kabi his qilyapman" - dedi Dvalishvili "ESPN MMA" You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Merab Dvalishvili (18-4) o‘zining navbatdagi jangini 18 yanvar kuni Los-Anjelesdagi "UFC 311" turnirida mag‘lubiyatsiz tseriya qayd etayotgan Umar Nurmagomedov(18-0)ga qarshi chiqadi.
Fikrlar