Merab Dvalishvili: "Umar, qani ketdik, o‘sha la’nati qafasga”
O‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Merab Dvalishvili (18-4) rossiyalik mag‘lubiyatsiz rekorda ega bo‘lgan Umar Nurmagomedov (18-0) bilan jangga munosabat bildirdi.
“Agar sen rozi bo‘lsang, men ham qarshilik qilmayman. Qani ketdik, o‘sha la’nati qafasga”, - deb yozdi Dvalishvili "X" (Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Merab va Umar o‘rtasidagi bellashuv 18 yanvar kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan "UFC 311" turniridan o‘tkaziladi.
Fikrlar