Merab Dvalishvilini UFC mashg‘ulotlar bazasiga nega kiritishmadi?
O‘ta engil vazn toifasida UFC chempioni Merab Dvalishvili (18-4) kutilmagan holatga duch keldi. Aniqrog‘i, xavfsizlik xizmati xodimlari unga UFC ning mashg‘ulotlar bazasiga kirishi uchun ruxsat bermadi. Bunga bazada rossiyalik jangchi Umar Nurmagomedov (18-0) shug‘ullanayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.
“Xavfsizlik xodimlari Umarni himoya qilmoqda...Bunday hurmatsizlik uchun Nurmagomedovdan qasos olaman. Bu yigit 18 yanvar kuni o‘ziga munosib bo‘lgan narsani oladi” — dedi Dvalishvili X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘iga joylagan videosida.
Eslatib o‘tamiz, gruziyalik sportchi navbatdagi jangini 18 yanvar kuni Los-Andjelesdagi "UFC 311" turnirida o‘tkazadi. Unga mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan Umar Nurmagomedov raqiblik qilishi rejalashtirilgan.
Fikrlar