Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda

MLS chempionatining navbatdagi turida “Inter Mayami” o‘z maydonida “Nyu-York Red Bullz” jamoasidan 6:2 hisobida ustun keldi.

Gollarga boy o‘tgan bellashuvning haqiqiy  qahramoni xet-trikka erishgan Luis Suares emas, balki Lionel Messi bo‘ldi.

Gap shundaki, Messi ushbu bahsda ikkita rekord o‘rnatdi. Avvalo, bellashuv davomida Luis Suaresga uchta, Matias Roxasga ikkita, jami beshta golli pas uzatib, MLS chempionatlari tarixida bir o‘yinda beshta assist qayd etgan birinchi futbolchi sifatida rekord qayd etdi.

Qolaversa, argentinalik to‘purarning o‘zi ham uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 36 yoshli forvardning bir o‘yinda oltita samalari harakatni amalga oshirishi ham AQSh chempionatining rekordi ekani tan olindi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!